Chex: "Mourinyo va Venger faqat bir narsada bir-biriga o'xshaydi"

Aslanov Jasurbek
8 avg 2015
"Arsenal" darvozaboni Petr Chex "to'pchilar" bosh murabbiyi Arsen Vengerni "Chelsi" ustozi Joze Mourinyo bilan solishtirdi.

"Mourinyo va Venger faqat bir narsada bir-biriga o'xshaydi - ikkalasi ham mag'lub bo'lishni yoqtirmaydi. Joze haqida gaprish oson, ammo Venger borasida qiyin, chunki men yangi murabbiy bilan juda kam vaqt birga ishladim. U bilan birinchi marotaba uchrashganimda hayratlandim.

Mavsumdagi vazifamiz? Birinchi o'rinni egallash uchun etarlicha o'yinlarda g'alaba qozonamiz deb umid qilaman. Buning iloji bor. O'tgan mavsumda "Arsenal" yaxshi ishtirok etdi, olg'a qadam tashlash vaqti etdi" - deydi Chex.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com