Cherishev: "Rossiya terma jamoasi har qanday raqibni mag'lub etishga qodir"

Aslanov Jasurbek
30 iyun 2018
Rossiya terma jamoasi yarim himoyachisi Denis Cherishev Ispaniyaga qarshi JCH-2018 1/8 final uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

"Agar ispanlarga gol ursam katta o'zgarishlar bo'lmaydi deb o'ylayman. Asosiysi biz keyingi bosqichga chiqishimiz kerak. Gol ursam xursand bo'laman. Hujumchi sifatida raqibning himoyasini yorib o'tishim kerak. Ispaniya terma jamoasida juda yaxshi futbolchilar o'ynaydi. Agar murabbiy meni maydonga tushirsa, o'z jamoamga yordam beraman. De Xea va boshqa futbolchilar faoliyatidagi eng yaxshi damlarni boshidan o'tkazmoqda.

Ispaniya yanada kuchliroq o'ynay oladimi? Ishonchim komil, bizga qiyin bo'ladi. Bu kuchli jamoa, ammo bizning ustun tomonlarimiz ham bor. Rossiya dunyoning eng kuchli terma jamoalaridan biriga qarshi o'ynaydi, ammo har qanday raqibni mag'lub etishga qodirmiz. Bunga ishonish kerak. Bizni tribunada 80 ming muxlis qo'llab turadi" - deydi Cherishev.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com