Cherishev FNL jamoasini boshqaradi

Mirjalol Normatov
11 iyul 2018
Rossiyaning ikkinchi divizioni jamoasi “Nijniy Novogorod“ boshqaruvini Dmitriy Cherishevni o'z qo'liga oldi.

Tomonlar shartnoma bandlari haqida ma'lumot berishmadi.

“Men uchun “Nijniy Novogorod“ jamoasini boshqarish katta sharaf. Futbol bo'yicha jahon chempionati sharofati bilan jamoamiz yangi stadionda uy uchrashuvlarini o'tkazadi, shaharda futbolni rivojlantirish uchun barcha zamonaviy sharoitlar yaratildi, buni avvallari faqatgina orzu qilish mumkin edi. Bizning asosiy maqsadimiz - berilgan imkoniyatlardan unumli foydalanish. Stadion to'la bo'lishi uchun, nijniy novogorodliklarning qalbini zabt etmoqchimiz. Hamshaharlarimiz uchun jamoa bilan barchasini ishga solgan holda, yozgi ajoyib kayfiyatni mavsum davomida ushlab turishni niyat qilganmiz", - dedi Cherishev.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: soccernews.ru