Chempionlar ligasining qolgan bosqichlari bitta o'yindan iborat bo'ladi

Aslanov Jasurbek
14 apr 2020
UEFA rahbariyati koronavirus tufayli yuzaga kelgan vaziyatdan chiqib ketish yo'llarini izlamoqda.

Cadena SER bergan ma'lumotlarga ko'ra, UEFA tashkilotidagilar vaziyat avgust oyigacha o'nglanishiga umid qilishmoqda. Agar hammasi ular o'ylaganidek bo'lsa, Chempionlar ligasi va Yevropa ligasining joriy mavsumdagi o'yinlari avgustda o'tkaziladi. Pley-off bosqichi bitta o'yindan iborat bo'lib, o'sha bahs neytral maydonda bo'lib o'tadi. Ushbu uchrashuvlarga muxlislar kiritilmaydi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Cadena SER