Chempionlar ligasida tarixiy kun: ikki ingliz klubi bir kunda yirik hisobda mag'lub bo'ldi

Iskandarov Abdulaziz
12 mar 2026
11 mart kuni Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichining ilk uchrashuvlarida "Manchester Siti" va "Chelsi" yirik hisobda mag'lubiyatga uchradi.

OptaJoe ma'lumotiga ko'ra, Yevropa chempionlar ligasi tarixida ilk bor ikki ingliz klubi bir kunda uch va undan ortiq to'p farqi bilan yutqazdi.

Eslatib o'tamiz, 1/8 finalning birinchi uchrashuvida "PSJ" "Chelsi"ni 2:5 hisobida mag'lub etdi. "Manchester Siti" esa o'z navbatida "Real"ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Jamoalar o'rtasidagi javob uchrashuvlari 17 mart kuniga belgilangan.

Turnir finali esa Budapesht shahridagi "Pushkash Arena" stadionida bo'lib o'tadi. Hal qiluvchi uchrashuv 2026 yil 30 may kuni o'tkazilishi rejalashtirilgan.



Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: OptaJoe