Chempionlar Ligasi finalida ilk marta ikki ispaniyalik murabbiy uchrashadi

7 may 2026, 09:45
Tunda Germaniyada Chempionlar Ligasi yarim finalining javob o'yini bo'lib o'tdi.

Unda "Bavariya" o'z maydonida PSJ bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi.

Ushbu natija parijliklarga finalga chiqish imkonini berdi (birinchi o'yin - 5:4). Ularni finalda Mikel Arteta boshqaruvidagi "Arsenal" kutib turibdi.

Marca nashri xabar berishicha, bu finalda ilk marta ikki ispaniyalik bosh murabbiy o'zaro to'qnashadi.

Parijliklar murabbiyi Luis Enrike uchun bu uchinchi final bo'ladi, Arteta uchun esa birinchisi.


Manba: Marca