Kechagi o'yinning eng yaxshi futbolchisi ma'lum bo'ldi

7 may 2026, 07:37
Chempionlar Ligasi yarim finalining javob o'yini bo'lib o'tdi.

UEFA o'zining rasmiy saytida Chempionlar Ligasi yarim finalining javob o'yinida eng yaxshi o'yinchini e'lon qildi. O'yinda "Bavariya" va PSJ jamoalari to'qnash keldi. Uchrashuv 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi. O'yinning eng yaxshi o'yinchisi parijliklar himoyachisi Vilyam Pacho deb topildi.

Jamoalar o'rtasidagi birinchi o'yin PSJ foydasiga 5:4 hisobida tugagan edi. Shu tariqa parijliklar Chempionlar Ligasi finaliga chiqdi va unda Londonning "Arsenal" jamoasiga qarshi maydonga tushishadi.

Joriy mavsum turnirining final o'yini Budapeshtdagi "Pushkash Arena" stadionida bo'lib o'tadi. Hal qiluvchi uchrashuv 30 may kuni bo'ladi.


Manba: