"Chelsi"ning sobiq futbolchisi: "Azar kyetishi kerak"

Mirjalol Normatov
26 may 2019, 16:16
"Chelsi"ning sobiq himoyachisi Frank Lebefning fikriga ko'ra, rahbariyat Eden Azar bilan hayrlashishi kerak.

"Azarning "Chelsi" bilan shartnomasi yana 2 yil amal qiladi. Klub endi moliyaviy tomonni o'ylaydigan vaqti keldi. O'tgan mavsum arafasida Eden "Real"ga o'tishni istagandi. Biroq "Chelsi" uni saqlab qoldi.

To'g'ri, uni olib qolish yaxshi variant. Ammo u bu jamoada o'zini baxtli sezmayotganini ochiqdan ochiq aytayotgan vaqtda, uni qo'yib yuborish kerak", - dedi Lebef.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sun