"Chelsi"ning ikki futbolchisi derbida o'ynamaydi

Mirjalol Normatov
23 apr 2022, 01:15
"Chelsi" himoyachisi Antonio Ryudiger hamda yarim himoyachi Mateo Kovachich APLning 34-turi doirasida "Vest Xem"ga qarshi o'yinda ishtirok etmaydi.

Bu haqda "aristokratlar" ustozi Tomas Tuxel ma'lumot bergan. Germaniyalik futbolchida mushaklar bilan muammo bor, xorvatiyalikda esa to'piq jarohat olgan. Hozircha ularning qachon safga qaytishi aniq emas.

"Chelsi" - "Vest Xem" uchrashuvi 24 aprel kuni soat 18:00da start oladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football London