"Chelsi" yanvarda to'rt nafar futbolchisi bilan xayrlashadi

Omonjon To`xtamirzayev
9 yanv 2025
"Chelsi" himoyachi Benjamin Chilluel, yarim himoyachilar Karni Chukvuemeka, Chezare Kazadei va Kirnan Dyusberi-Xoll bilan xayrlashishni rejalashtirgan.

Joriy mavsum 28 yoshli Chiluell Liga Kubogi doirasidagi bitta o'yinda maydonga tushdi. 

21 yoshli Chukvuemeka 5 ta o'yinda ishtirok etgan va samarali harakatlar amalga oshirmagan. 

Dyusberi-Xoll 26 yoshda bo'lib, u ushbu mavsum barcha musobaqalarni qo'shib hisoblaganda 15 ta bahsda ishtirok etib, 2 ta gol urdi va 1 ta assist etkazib berdi.

Chukvuemeka bilan tengdosh bo'lgan Kazadei esa 6 ta uchrashuvda maydonga tushgan.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Givemesport.com