"Chelsi" Xadson-Odoiga haftasiga 100 ming evrodan maosh berishga tayyor

Aslanov Jasurbek
29 mar 2019, 17:38
"Chelsi" rahbariyati jamoa hujumchisi Kallum Xadson-Odoini jamoada saqlab qolish uchun harakatlarni davom ettirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, ko'klar rahbariyati 18 yoshli futbolchining maoshini asosiy tarkib o'yinchilarinikidek ko'tarib bermoqchi. "Chelsi" yaqin vaqt ichida forvardga haftalik maoshi 100 ming funt bo'lgan bitim taklif qiladi.

Xadson-Odoining o'zi yozda klubini tark etmoqchi. Iqtidorli hujumchi o'yin amaliyoti kamligidan norozi.

18 yoshli hujumchiga "Bavariya", "Barselona" va "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Evening Standard