"Chelsi" va "Manchester Yunayted" "Barselona"ning sobiq hujumchisi uchun kurashmoqda

Khoja
24 dek 2025
"Chelsi" va "Manchester Yunayted" "Palmeiras"da o'ynaydigan "Barselona"ning sobiq hujumchisi Vitor Rokeni kuzatib bormoqda.

Biroq, hujumchi uchun kurashda London klubi favorit bo'lib turibdi.

Roke Yevropaga qaytishni istamoqda. Futbolchi "Chelsi" murabbiyi Enco Mareska bilan ishlashni istamoqda. Futbolchi londonliklarga 50 million evroga tushishi mumkin. Sababi hujumchining shartnomasida shunday tovon puli bor.

Roke 2024 yildan 2025 yilgacha "Barselona"da o'ynagan. Bu davrda hujumchi 16 ta o'yinda maydonga tushib, ikkita gol urgan. Uning "Palmeiras" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil oxirigacha amal qiladi.


KhojaMuallif
Manba: Football Insider