

2016 yilning yozida har ikki klub 29 yoshli futbolchiga qiziqish bildirishgan edi, lekin o'shanda Bonuchchining o'zi "Yuventus"ni tark etishni istamagan edi.
Yaqinda "Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri va Bonuchchi o'rtasida og'zaki mojaro bo'lib o'tgan edi. Natijada, o'yinchi Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasida "Portu"ga qarshi uchrashuvda tarkibdan chiqarib yuborildi.
Bonuchchining transfer narxi himoyachilar uchun rekord bo'lishi kutilmoqda.



