"Chelsi" tezroq "Seltik" himoyachisi Yuranovichning transferi masalasini yopmoqchi

Alisher Ostonov
2 yanv 2023
"Chelsi" imkon boricha tezroq "Seltik" himoyachisi Yosip Yuranovichning transferini rasmiylashtirmoqchi.

Londonliklar 27 yoshli xorvatni ushbu qishdagi asosiy maqsadlaridan biri sifatida hisoblamoqda, sababi u bozordagi eng arzon qanot himoyachilardan biri sanaladi. "Chelsi" himoyachi jarohat sabab noma'lum muddatga safdan chiqqan Ris Jeymsning o'rinbosari bo'lishini kutmoqda.

Yuranovich 2022/23 yilgi mavsum "Seltik" safida 15ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.

Transfermarkt JCH-2022 bronza medali sohibini 9 million evroga baholamoqda.


Alisher OstonovMuallif
Manba: GiveMeSport