"Chelsi" Petrovich uchun 15 mln funt taklif qildi

Sherzod Nurmatov
19 avg 2023, 14:58
"Chelsi" "Nyu-Ingdnend Revolyushn" darvozaboni Jorje Petrovichga qiziqish bildirmoqda.

"The Guardian" xabariga ko'ra, London klubi 23 yoshli serbiyalik uchun taxminan 15 mln funt taklif qilgan.

Futbolchining amaldagi shartnomasi 2025 yilning oxirigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali uni 3,5 mln evroga baholamoqda.

Petrovich joriy mavsum barcha musobaqalarda 25 ta o'yinda maydonga tushib, 29 ta gol o'tkazib yuborgan, 8 ta o'yinda esa darvozani "quruq" saqlagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Guardian