"Chelsi" Olimpiya stadioniga ko'chib o'tishi mumkin
Aslanov Jasurbek
1 apr 2017
"Chelsi" "Stemford Brij" ta'mirlanayotgan paytda Olimpiya stadionida o'yinlarini o'tkazish uchun "Vest Xem" bilan muzokara olib boryapti.
"Chelsi" 3 yil davom etadigan ta'mirlash ishlari paytida raqiblarini "Uembli"da qabul qilmoqchi, ammo klub boshqa variantlarni ham ko'rib chiqmoqda. Agar "Uembli" borasida kelishuvga erishilmasa, Olimpiya stadioni ular uchun maqul variant bo'ladi.