"Chelsi" Obameyang uchun 15 mln funtdan ortiq to'lamoqchi emas

Administrator
19 avg 2022
"Barsa" esa deyarli ikki barobar ko'proq xohlamoqda.

"Chelsi" klubi "Barselona"ning Obameyang transferi borasidagi istaklarini bajarmoqchi emas. Taniqli insayder Fabricio Romanoning ma'lum qilishicha, "Chelchi" Obameyang uchun katta pul to'lamaydi.

"Chelsi" Per-Emerik Obameyang uchun 15 mln funt atrofida to'lamoqchi. Boshqa holatda transfer amalga oshmaydi. 

Futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlari deyarli kelishib bo'lingan. Obameyang "Chelsi"da "Barselona"ga qaraganda deyarli ikki barobar ko'proq maosh oladi. 


AdministratorMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano