"Chelsi" muxlislari Tuxelni qo'llab-quvvatlovchi akciya uyushtiradi

Mirjalol Normatov
14 sen 2022
"Chelsi" muxlislari YCHL doirasida "Zalcburg"ga qarshi o'yin vaqtida jamoaning sobiq ustozi Tomas Tuxelni qo'llab-quvvatlovchi performans uyushtirmoqchi.

00:00da start oladigan bahsning 21-daqiqasida muxlislar o'rnidan turib, qarsak chaladi. Buning manosi sifatida uning qo'l ostida jamoa 2021 yilgi YCHL bosh sovrinini qo'lga kiritgani keltirildi.

YCHLning 1-turida "Chelsi" safarda Zagrebning "Dinamo"siga mag'lub bo'lganidan keyin bosh murabbiy Tomas Tuxel iste'foga chiqarilgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia