"Chelsi" Mendiga yangi shartnoma taklif qiladi

Alisher
10 iyun 2022
Londonning "Chelsi" klubi darvozabon Eduar Mendiga yangi shartnoma taklif qilmoqchi.

Jurnalist Adam Nyusonning xabariga ko'ra, "ko'klar" rahbariyati senegallik darvozabonning maoshini ko'tarmoqi.

Mendi ayni damda "Chelsi"da eng kam maosh oladigan o'yinchilardan biridir. Klub uni yangi shartnoma va yuqori maosh bilan mukofotlamoqchi.

Eslatib o'tamiz, Mendi "Chelsi"ga 2020 yilning yozida Fransiyaning "Renn" klubidan o'tgandi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/AdamNewson