"Chelsi" kriptovalyuta kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi

Omonjon To`xtamirzayev
5 yanv 2024
"Chelsi" transfer byudjeti uchun qo'shimcha mablag' ishlab olish maqsadida yangi homiylik shartnomasi imzoladi.

"The Athletic" ma'lumotlariga ko'ra, klub homiylari qatoriga endi "BingX" kriptovalyuta kompaniyasi ham qo'shildi. Mavsum oxirigacha jamoa liboslari (futbolka engi)da ushbu kompaniya logotipi aks etadi. 

London jamoasi rahbariyati bunday kelishuvlar orqali klub transfer bozorida o'zini erkinroq his qiladi, deb hisoblaydi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: The Athletic