"Chelsi" "Manchester Siti" sobiq futbolchisi bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
2 noya 2019, 12:47
"Chelsi" "Gerta" futbolchisi Javayro Dilrosunni xarid qilmoqchi.

18 yoshli gollandiyalik vinger "Ayaks" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Ammo, 4 yil davomida "Manchester Siti" tizimida o'ynagan. "Chelsi" ushbu futbolchini kelasi yozda tarkibiga qo'shib olishga harakat qiladi.

Dilrosun joriy mavsum 7ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 2ta assistga erishgan.

Eslatib  o'tamiz, "Chelsi" yaqin transfer oynasida taqiq tufayli yangi futbolchi xarid qila olmaydi.


AlisherMuallif
Manba: skysports.com