"Chelsi" "Liverpul"ga qarshi o'yin oldidan Tyago Silva va Abraxamsiz qoldi

Alisher
4 mar 2021
"Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel "Liverpul"ga qarshi o'yin oldidan optimal tarkib yig'a olmaganini aytdi.

"Kallum [Xadson-Odoi]da muammo yo'q, u kecha jamoa bilan to'liq tartibda shug'ullandi. Tyago Silva jamoa bilan ilk mashg'ulotni o'tkazdi, ammo oxirigacha emas.

Gap unda og'riq bo'lganida emas, biz shunchaki u bilan tavakkal qilishni xohlamadik. U yuz foiz tayyor emas, shu sabab "Liverpul"ga qarshi o'ynamaydi. Temmi Abraxamda kecha to'pig'i bilan bog'liq muammo kuzatildi", - deydi Tuxel.

"Liverpul" va "Chelsi" o'rtasidagi APL 29-tur o'yinin bugun bo'lib o'tadi.


AlisherMuallif
Manba: Goal