"Chelsi" Kunde uchun bonuslar bilan birga 55 mln evro taklif qildi. "Sevilya" 60-65 mln evro kutmoqda

Omonjon To`xtamirzayev
19 iyul 2022, 13:56
"Sevilya" nihoyat Jyul Kunde bo'yicha rasmiy taklif oldi.

ABC xabariga ko'ra, francuzni "Chelsi" qo'lga kiritish uchun harakat qilib ko'rdi.

Bonuslar bilan qo'shib hisoblaganda 55 mln evroni tashkil etadigan dastlabki taklif La Liga klubini qanoatlantirmadi. "Sevilya" futbolchisi uchun 60-65 mln evro xohlamoqda.

Avvalroq "Barselona" Kundeni o'z safiga qo'shib olmoqchiligi haqida aytilgandi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru