"Chelsi" Kukurelyani "Manchester Yunayted"ga ijaraga berishga tayyor

Omonjon To`xtamirzayev
28 avg 2023
Londonning "Chelsi" klubi chap qanot himoyachisi Mark Kukurelyani "Manchester Yunayted"ga ijaraga berishga tayyor.

Fabricio Romanoning xabar berishicha, ispaniyalik londonliklar ustozi Maurisio Pochettino rejalariga kirmaydi. Argentinalik mutaxassisga Yan Matsen varianti Ben Chiluellga o'rinbosar sifatida ko'proq maqul kelmoqda.

"Manchester Yunayted" jarohat sabab noyabr oyigacha safdan chiqqan Lyuk Shou o'rniga Kukurelyani ijara olmoqchi. Agarda manchesterliklar Kukurelyaning maoshini to'liq to'lashga rozi bo'lsa, "Chelsi" futbolchini qo'yib yuborishga tayyor.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Mirror Football