"Chelsi" Kievning "Dinamo" klubidan 18 yoshli himoyachi Zabarniyni 12 mln evro evaziga xarid qilishi mumkin

Alisher
31 may 2021
Kievning "Dinamo" klubi himoyachisi Ilya Zabarniy faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Manbaning xabariga ko'ra, "Chelsi" 18 yoshli futbolchi bilan 12 million evro evaziga shartnoma imzolashga yaqin.

Transferning tashkil etilishida Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi va londonliklar sobiq forvard Andrey Shevchenko qatnashmoqda.

Zabarniy o'tgan mavsum "Dinamo" tarkibida UPL doirasidagi 21ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: Sport24