"Chelsi" "Jirona" hujumchisiga qiziqish bildirmoqda

Sherzod Nurmatov
29 apr 2024, 17:21
Maurisio Pochettino shaxsan Artyom Dovbik bilan shartnoma imzolamoqchi.

Angliyaning "Chelsi" klubi Ispaniyaning "Jirona" jamoasi hujumchisi Artyom Dovbikka qiziqmoqda, deb xabar berdi "El Nacional".

Xabar qilinishicha, Dovbikning yozgi transferiga "ko'klar" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino shaxsan qiziqmoqda, chunki u tarkibni yangi markaziy hujumchi bilan kuchaytirmoqchi. "Chelsi" ukrainalik futbolchi uchun "Jirona"ga 60 million evro taklif qilishga tayyor.

Artyom Dovbik joriy mavsum "Jirona" safida 36 ta o'yinda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 7 ta golli pas uzatdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: El Nacional