"Chelsi" himoyachisi Ben Chiluell shartnomasini uzaytiradi

Omonjon To`xtamirzayev
10 apr 2023
"Manchester Siti" qiziqish bildirayotgan "Chelsi" himoyachisi shartnomasini uzaytirmoqchi.

Bu haqida jurnalist Devid Ornshteyn xabar bermoqda.

Uning yozishicha, yangi shartnoma 4 yilga mo'ljallangan bo'ladi. Eslatib o'tamiz, Chilluelning amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha mo'ljallangan.

Qayd etib o'tamiz, avvalroq 26 yoshli futbolchi xizmatlariga "Manchester Siti" qiziqish bildirayotgani aytilgandi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: twitter.com/David_Ornstein