"Chelsi" futbolchisi faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin

Khoja
21 avg 2025
"Chelsi" yarim himoyachisi Kerni Chukvuemeku faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin.

Yarim himoyachiga "Yuventus" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Turin klubi futbolchini sotib olish sharti bilan bir yilga ijaraga olmoqchi. Biroq London jamoasi futbolchini ijaraga bermasdan to'liq sotib yuborishni maqsad qilgan.

Avvalroq, Kerni Chukvuemekuni "Borussiya" 20 million evroga sotib olish sharti bilan ijaraga olmoqchi edi. Biroq "Chelsi" ushbu taklifni qabul qilmagandi.


KhojaMuallif
Manba: soccer.ru