

Transfer huquqi “Chelsi”ga tegishli bo'lgan uelslik 19 yoshli Itan Ampadu faoliyatini “Fulxem”da davom ettirishi mumkin. APLga qaytgan “Fulxem” futbolchini ijaraga olishni istamoqda. Ampadu 2019/20 yilgi mavsumni ijara asosida “Leyptsig”da o'tkazdi. U nemis klubi safida atigi 3 ta o'yinda maydonga tushdi.
Ma'lumot uchun, Ampadu “Chelsi”ga 2017 yilda “Ekseter Siti”dan ko'chib o'tgan.



