"Chelsi" fransiyalik himoyachiga qiziqib qoldi

PSJ himoyachisi Leven Kurzava faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

France Football xabariga ko'ra, 27 yoshli futbolchi "Chelsi"ning nishoniga tushib qolgan. London klubi allaqachon futbolchining agentlari bilan aloqaga chiqqani aytilmoqda.

Takidlanishicha, ushbu yozda shartnomasi yakuniga etadigan Kurzavaning xizmatlariga "Barselona", "Atletiko", "Arsenal", "Yuventus" va "Inter" singari jamoalar ham qiziqish bildirgan.


Manba: France Football