"Chelsi" darvozaboni Ilariu faoliyatini yakunladi va yoshlar jamoasi murabbiyi bo'ldi

Tolibjon Qosimov
6 avg 2014
"Chelsi"ning portugaliyalik darvozaboni Enrike Ilariu o'z faoliyatiga yakun yasadi.
Londonliklar rahbariyati 38 yoshli darvozabonga yoshlar jamoasida murabbiylik qilishni taklif etishdi.

"20 yillik faoliyatimdan so'ng qo'lqoplarimni mixga ilishga qaror qildim. "Chelsi" menga yoshlar tarkibida murabbiylik qilishni taklif qildi va men yo'q deya olmadim. Endi men o'z mahoratimni yosh darvozabonlarga o'rgataman.

Men birga o'ynagan va ishlagan futbolchi va murabbiylarga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Shu bilan birga meni doimo qo'llab turgan muxlislarga ham rahmat" - deydi darvozabon o'z "instagram"ida.

Eslatib o'tamiz, Ilariu 2006 yildan beri "Chelsi" darvozaboni hisoblanadi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com