"Chelsi" Chiluellni 50 mln funt evaziga xarid qiladi va u bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi

Alisher
25 avg 2020
"Lester" himoyachisi Ben Chiluell "Chelsi"ga o'tishga yaqin.

Londonliklar Angliya terma jamoasining 23 yoshli o'yinchisining transferi borasida "Lester" bilan kelishuvga erishdi.

Manbaning xabariga ko'ra, bitim 3 kunni ichida e'lon qilinadi va "Chelsi" Chiluell bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi.

Futbolchi joriy mavsum "Lester" tarkibida barcha musobaqalarda 30ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 3ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/JPercyTelegraph