

"Chelsi" "Benfika" chap qanot himoyachisi Diego Moreyrani sotib oldi.
"Record" xabariga ko'ra, London klubi kelasi yozda "Chelsi"ga o'tadigan 18 yoshli vunderkind bilan shartnoma imzolagan. Uning "Benfika" bilan bitimi 2023 yilning 30 iyunida yakuniga etadi.
Moreyraga PSJ va "Milan" ham da'vogarlik qilgandi.
Moreyra joriy mavsum "Benfika B" tarkibida 24 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



