"Chelsi" "Bavariya" futbolchisi uchun kurashga qo'shildi

Alisher
21 sen 2021, 07:06
"Bavariya" vingeri Kinsli Koman jamoadan ketmoqchi.

Fransiyalik futbolchiga bir qator Yevropaning bosh klublari qiziqish bildirmoqda, jumladan ingliz top-klublari ham.

Oldinroq xabar berilganidek, o'yinchi uchun "Manchester Siti" va "Liverpul" kurash olib bormoqda.

Ammo, Koman bilan shartnoma imzolash uchun kurashda "Chelsi" ham yutib chiqmoqchi ekanligi ma'lum bo'ldi.

Londonliklar shartnoma bo'yicha futbolchining talablarini qondirishga tayyor, shuningdek unga doimiy o'yin amaliyoti vada qilinadi.


AlisherMuallif
Manba: The Mirror