

20 yoshli o'yinchining Angliya klubiga ehtimoliy o'tishi haqidagi ma'lumot iyunda chiqqandi, ammo o'shanda "matraschilar" bitimni rad etishgan. Jurnalist Rahmon Osmanning xabariga ko'ra, "Chelsi" yaqinda Omorodion bo'yicha yangi muzokaralarni o'tkazdi. Insayder Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, "ko'klar" hujumchini kuzatishda davom etishmoqda. Agar "Atletiko" sotuvga ochiq bo'lsa, ular ehtimoliy transferni jiddiy ko'rib chiqishga tayyorlar.
Samyuel Omorodion o'tgan mavsumni ijara asosida "Alaves"da o'tkazdi. Transfermarkt ispanni 35 mln evroga baholamoqda.



