"Chelsi" "Arsenal" futbolchisini o'z safiga qo'shib oldi

Alisher
16 iyul 2022
Londonning "Arsenal" klubi tarbiyalanuvchisi Omari Xatchinson "Chelsi"ga o'tdi.

18 yoshli hujumchi "aristokratlar" bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi.

Xatchinson "Arsenal" akademiyasidagi eng iqtidorli futbolchilardan biri deya etirof etilgandi. Yosh futbolchining shartnomasi yakunlandi, "kanonirlar" esa uning moliyaviy talablarini qondira olishmadi, shundan so'ng Omari "Chelsi"ga o'tdi.

18 yoshli Xatchinson hozircha "Chelsi"ning yoshlar jamoasi bilan shug'ullanadi.


AlisherMuallif
Manba: chelseafc.com