"Chelsi" APLdan tushib ketishi mumkin. Yo'g'e, qanaqasiga?

Omonjon To`xtamirzayev
28 apr 2023
"Chelsi"ni xavfli zonadan 10 ochko ajratib turibdi.

Oxirgi vaqtlar jamoaning ishlari yurishmayapti. Ushbu holatdan klub murabbiy almashganidan keyin ham chiqib keta olmadi.

"Chelsi" oxirgi marta 11 mart kuni "Lester" ustidan g'alaba qozongandi. O'shandan buyon "aristokratlar" 8 ta uchrashuv (2 tasi YCHLda) o'tkazib, faqat 2 marta durangga erishdi.    

E'tiborli tomoni, "aristokratlar"ning oxirgi olti o'yinidan to'rttasi Premer-liganing TOP-4 jamoasiga qarshi bo'lib o'tadi.



Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia