"Chelsi" 18 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Sherzod Nurmatov
1 iyul 2023
"Norvich" akademiyasi hujumchisi Aleks Matos "Chelsi" safiga qo'shildi.

Buni klub rasmiy sayti ma'lum qildi.

18 yoshli ingliz futbolchisi bilan shartnoma shartlari haqida ma'lumot berilmagan.

Matos 2017 yildan beri "Norvich" yoshlar jamoasida to'p tepib kelayotgandi. Vinger o'tgan mavsumda 22 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: chelseafc.com