"Chaqiruvdan xursandman, borimizni berib harakat qilamiz" - Anvarjon Hojimirzaev "Surxon" ustidan g'alaba va milliy jamoaga taklif etilgani haqida

Alisher Ostonov
5 okt 2025
Superliga doirasidagi "Surxon" - "Dinamo" (0:2) uchrashuvidan keyin jamoamiz hujumchisi Anvarjon Hojimirzaevning Termizdagi o'yin va O'zbekiston milliy jamoasiga taklif etilgani haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

"Avvalambor, muxlislarimizni, Dinamo jamoamizni bugungi g'alaba bilan tabriklayman. Oson o'yin bo'lmadi, lekin Xudoga shukur uddaladik. Maqsadimiz g'alaba edi va bunga erishdik.

Hissiyotlar yaxshi albatta, Xudoga shukur deymiz, nasib qildi. O'zbekistonlik barcha futbolchilarning orzusi, maqsadi milliy jamoada o'ynash, chaqirilganimdan xursandman, Xudo xohlasa borimizni berib, harakat qilamiz", - dedi Dinamo" jamoasi sardori.

Ma'lumot uchun, O'zbekiston milliy jamoasi 9 oktyabr kuni Toshkentda Kuvaytga qarshi maydonga tushsa, 13 oktyabrda Malayziyada Urugvayga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: "Динамо" матбуот хизмати