"CAFA Womenʼs Futsal Championship 2023". Eron murabbiyi: "Musobaqagacha atigi 3 kunlik yig'in o'tkazdik"

Sherzod Nurmatov
27 yanv 2023
"CAFA Womenʼs Futsal Championship 2023" 1-turi doirasidagi Qirg'iz Respublikasi ustidan qozonilgan g'alabadan keyin (5:0) eronliklar ustozi Foruzan Sulaymoni xonim fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Avvalo, mehmondorchilik haqida rahmat aytmoqchiman. O'yin xususida gapiradigan bo'lsam, turnirga 3 kunlik yig'in bilan yetib keldik. Menimcha, bu juda kam hisoblanadi. Sekin-sekin o'yinimizni yaxshilab borishga harakat qilamiz. Musobaqadagi asosiy raqibimiz O'zbekiston hisoblanadi, chunki mezbonlar ancha yaxshi tayyorlanishgan. Ular bilan o'yinni intizorlik bilan kutyapman.

Shuningdek, uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi sifatida etirof qilingan Ferishta Karimi ham o'yin haqidagi fikrlarini bildirdi.

- Yaxshi o'yin bo'ldi. Bilasiz, Eron ayollar terma jamoasi Osiyoda yetakchilardan hisoblanadi. Shuning uchun har doim g'alabani maqsad qilamiz. Raqibga hurmat saqlagan holda aytaman, ulardan ancha kuchli edik. Bugun aksar qizlarimiz terma jamoa libosida debyut qilishdi. Ular tajribali o'yinchilar bilan chiqishib ketishi uchun biroz vaqt kerak. Keyingi o'yinlarda ham faqat yutish haqida o'ylaymiz.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia