CAFA Women’s Championship 2018. Taqdirlash marosimi

Narzulla Saydullayev
1 dek 2018
CAFA Women’s Championship 2018 musobaqasining taqdirlash marosimidan olingan rasmlarni tomosha qiling.

Fotogalereyani saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qiling. FOTOGALEREYA


Tojikiston terma jamoasi CAFA Women’s Championship 2018 musobaqasi bronza medallariga sazovor bo'ldi. Eron terma jamoasi qizlari esa kumush medallarga ega chiqishdi. Musobaqa bosh sovrini esa O'zbekiston milliy terma jamoasiga nasib etdi.

Shuningdek, MOFA maxsus sovrini Afg'oniston terma jamoasiga berildi. Muxlislar sovrini Qirg'iziston terma jamoasi qizlariga nasib etdi. Fair Play mukofoti Tojikiston terma jamoasiga taqdim etildi. O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Nilufar Qudratova musobaqa to'purari bo'ldi. Terma jamoamiz yetakchilaridan biri Lyudmila Karachik esa musobaqaning eng yaxshi futbolchisi, deb topildi.  




Fotogalereyani saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qiling. FOTOGALEREYA


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia