CAFA turnirining bosh homiyi GAZPROM bo'ladi

Aslanov Jasurbek
13 mar 2023
Markaziy Osiyo futbol associaciyasi (CAFA) chempionatining bosh homiyi nomi ma'lum bo'ldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, ushbu chempionatga GAZPROM homiylik qiladi.

Turnirda Markaziy Osiyo futbol associaciyasi vakillari O'zbekiston, Tojikiston, Eron, Qirg'iziston, Turkmaniston va Afg'oniston ishtirok etadi. Musobaqaga Rossiya mehmon sifatida taklif qilinishi aytildi.

Turnir 12-20 iyun kunlari Toshkent va Bishkekda o'tkazilishi kutilmoqda. Jamoalar ikki guruhga bo'linadi va ularning g'oliblari finalda to'qnash kelishadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Metaratings