"Shalke" muddatidan oldin "Gazprom" kompaniyasi bilan shartnomani bekor qildi

Alisher
28 fev 2022
"Shalke" rahbariyati titul homiy bo'lmish Rossiyaning "Gazprom" kompaniyasi bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qildi.

Qaror sababi ochiqlanmagan. Klub rahbariyati shartnomaning bekor qilinishi klubning moliyaviy imkoniyatlariga ta’sir qilmasligi va yaqin orada yangi titul homiysi taqdim etilishini ma'lum qildi.

"Gazprom" kompaniyasi 2007 yildan beri "Shalke"ning homiysi hisoblanadi.

Klub ayni damda 24 o'yindan so'ng 41 ochko jamg'argan holda, ikkinchi Bundesliga jadvalida 5-o'rinda bormoqda.


AlisherMuallif
Manba: tass.ru