Tina Kandelaki: "Rossiya kiprliklarni chiroyli tarzda, do'stona "yanchib" tashladi"

Omonjon To`xtamirzayev
12 noya 2021, 02:54
"Gazprom-Media" bosh direktori o'rinbosari Tina Kandelaki Rossiya termasining JCH saralashi doirasida Kipr ustidan qozongan (6:0) g'alabasiga munosabat bildirdi.

"Birinchi bo'lim odatga ko'ra, "o'yin unchalik emas-ku, uch ochko bor", uslubida o'tganiga qaramay, Rossiya termasi raqibni og'riqsiz, chiroyli tarzda, do'stona "yanchib" o'tib ketdi - 6:0.

Ikkinchi bo'limdagi qurol esa tanaffusda Karpin ishlatib yuborgan emasmi? – biznikilarning gollaridan keyin Kipr kemasi asta cho'kishni boshladi.

Ajoyib taassurotlar uchun rahmat. Bu juda ta’sirli, chiroyli va qisman kutilmagan edi", – deb yozdi Kandelaki.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru