"CA"dagi kechagi Live uchun kommisarlar matbuot kotiblariga dakki berganlar

Nadirkhuja Yuldashev
1 noya 2018
Aslida klub matbuot kotiblari o'z vazifalarini bajarganlar va stadionga kelmagan muxlislar uchun saytlari hamda ijtimoiy tarmoqlari orqali ma'lumot chiqarganlar.

"Championat.asia" sayti esa mana shu ma'lumotlar asosida 100 000 nafar muxlisga axborotni etkazgan. Bu holatni ko'rgan uchrashuv kommisarlari klub xodimlariga dakki berganlar. Aslida kecha hech bir matbuot kotibi saytimizga ma'lumot bermagan!

O'FA rahbari PFLning bugungi kundagi faoliyatidan norozi ko'rinadi. Bizga ma'lum bo'lishicha, tez kunlarda Umid Ahmatdjonov Omon G'ofurovning ishini ko'rib chiqadi va PFL rahbariyatida o'zgarish bo'ladi. Bu borada Umid Mahamatdjanovich yaxshi nomzodni o'zbek futboliga taqdim etishiga ishonamiz.


Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia