Buyuk Britaniyada o'tadigan YCHL o'yinlarida kichik o'zgarish bo'ladi

Mirjalol Normatov
13 sen 2022
Ushbu hafta Buyuk Britaniyada bo'ladigan YCHL o'yinlaridan oldin madhiya chalinmaydi.

"The Telegraph" nashrining yozishicha, bunga Buyuk Britaniya davlatida qirolicha Elizaveta II uchun motam tutilayotgani sabab qilib ko'rsatilgan. 13 sentyabr kuni "Liverpul" o'z maydonida "Ayaks"ni qabul qiladi.

Ertasi kuni "Chelsi" o'z maydonida "Zalcburg" bilan o'ynasa, "Manchester Siti" "Borussiya"ni qabul qiladi. "Napoli" esa "Reynjers" maydoniga safar uyushtiradi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Telegraph