

Tajribali mutaxassis Islom Ahmedov "Bunyodkor" klubida texnik direktor lavozimida ish boshladi. Bu haqida uning o'zi instagram sahifasida ma'lum qildi.
Bilasiz, Islom Ahmedov OFK instruktori sifatida ham murabbiylarni tayyorlashda faoliyat yuritadi. Yaqinda Qirg'iz Respublikasining "Dordoy" klubida maslahatchi murabbiy bo'lib ham ishlaganini aytish joiz.



