"Bunyodkor" stadionida tayyorgarlik ishlari avjida

Aslanov Jasurbek
5 sen 2017
Ayni damda "Bunyodkor" stadionida futbolchilarimiz uchun maxsus sovg'a tayyorlanmoqda.

Bu haqda O'zbekiston futbol federatsiyasining "Feysbuk"dagi sahifasi ma'lum qildi.

Abdurahmon Fozilov boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi muxlislari klubi "Bunyodkor" stadionidagi o'rindiqlarga bittadan sharf va mamlakatimiz bayrog'ini tribunada aks ettirish uchun rangli qog'ozlar qo'yib chiqmoqda.









Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia