

Bugun "Bunyodkor" futbol klubi bosh homiysi "UzTransGaz" kompaniyasi stadion barcha ishchi-xodimlarining olti oylik maoshini to'liq to'lab berdi. Bu haqda bizga "Bunyodkor" PFK bosh direktori Murod Aliev ma'lum qildi.
Murod Boqievichning aytishicha, stadion yillik smetasi alohida tuzilgan bo'lib, tasdiqdan o'tgan hamda bundan buyon ishchilarga oylik maoshlari o'z vaqtida berilishiga harakat qilinadi.
Ma'lumot uchun, "Milliy" (avvalgi "Bunyodkor") stadioni mamuriyati klubdan tashqari alohida direkciya hisoblanadi hamda stadion direktori sifatida Vohid Zokirov faoliyat yuritib kelmoqda.


