"Bunyodkor" sobiq bosh murabbiyi bo'yni singan futbolchini ko'rgani bordi

Xayrulla Xoliqov
12 noya 2018
2008 yil "Bunyodkor"ni boshqargan Ziko hozirda "Kashima Antlers"da ishlayapti.

U Osiyo chempionlar ligasida g'olib chiqqan "Kashima"ning texnik direktori hisoblanadi. Braziliyalik murabbiy Tehronda bo'lib o'tgan OCHL final javob o'yinini kuzatdi va ertasi kuni hamyurtini ko'rgani mehmonxonga yo'l oldi. Ziko "Kashima"dagi braziliyalik futbolchilar Leo Silva va Serjino bilan mehmonxonaga borib, u erda yana bir braziliyalik Leandro Padovani bilan ko'rishdi.

Ma'lumki, ushbu futbolchi o'tgan yil jamoadoshi bilan juda qattiq to'qnashib kyetib, buning oqibatida bo'ynini sindirib olgandi. Ziko undan hol-ahvol so'ragach esdalik uchun "Kashima Antlers" formasini sovg'a qildi. Padovani Eron tarixidagi eng yaxshi legionerlardan biri hisoblanadi. U 2012 yildan beri Eronda o'ynab kelmoqda. Padovanining ilk jamoasi "Fulad" bo'lgandi, shundan so'ng "Sepaxon" va "Naft Tehron"da ham faoliyat olib bordi. Hozirgi jamoasi esa poytaxtning "Istiqlol" klubi.




Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: tehrantimes.com